«Google» nima uchun «Facebook»dan qo’rqadi?
«Google» hamon onlayn reklama sohasida sayyoramizdagi eng yirik va zo’r kompaniya bo’lib turibdi. Uning, kuni kecha e’lon qilingan,
o’tgan chorakdagi $2.9 milliardlik foydasi «Facebook»ning butun 2011 yildagi foydasiga deyarli teng.
Lekin, «Facebook»da «Google»da yo’q bo’lgan muhim narsa bor va u «Google»ning jonini hiqildog’iga keltiradigan darajada qo’rqitmoqda. «Facebook» sizning kimligingizni sizdan ham yaxshi biladi, chunki, buni siz unga o’zingiz aytib bo’lgansiz.
Bu narsa «Facebook»ka reklamalarni «Google»dan ko’ra aniq mo’ljaldagi foydalanuvchilarga ko’rsatish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham «Google» hamma e’tiborini o’zining «Google +» ijtimoiy tarmog’iga qaratyapti.
Yillar davomida «Facebook» sahifangizga kiritgan ma’lumotlaringiz faqatgina do’stlaringiz yoki hamkasabalaringizning ko’rishi uchun emas. Bunday ma’lumotlarni «Facebook» saytida (keyinchalik esa butun internet tarmog’ida, huddi «Google» kabi) ko’rishingiz mumkin bo’lgan reklamalarni sizga mo’ljallash uchun ham ishlatilishi mumkin.
Buning qanchalik kuchli ekanligini ko’rishning eng oson yo’li «Facebook»ning reklama yaratish qurolidan foydalanib ko’rishdir. Nimani reklama qilishni o’ylab ko’ring va unga sarlavha bering, reklama matnini kiriting va tegishli rasmni qo’shing.
Mana barcha jodular amalga oshadigan sahifaga yetib keldingiz: «Facebook»ning mo’ljallash sahifasi. Bu yerda siz o’z reklamangizni tegishli ko’rsatkichlar bo’yicha sayqallashingiz mumkin. Davlat, yosh, jins, qiziqishlar, «Facebook»dagi aloqalar, oilaviy holati va shu kabi boshqa belgilar.
Masalan, siz o’z mahsulotingizni O’zbekistonda yashovchi, 18-25 yoshli shoppingga qiziqadigan va erkaklar bilan tanishmoqchi bo’lgan yolg’iz ayollarga yetkazmoqchi bo’lsangiz, bemalol buni amalga oshirishingiz mumkin. Ajoyib.
«Google»ning qidiruv sahifasida namoyish etiladigan reklamalarni yaratish sahifasi bunday mo’ljallashning faqatgina ayrimlarini amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchining yashash joyi, tili va qurilmasi bo’yicha mo’ljallashingiz mumkin. Lekin, bu asosan foydalanuvchilar ko’p qidirayotgan kalit so’zlar bilan ifoda etiladi.
Bular ham muhim ma’lumot hisoblanadi, lekin «Facebook» singari juda ham chuqur mo’ljallash uslubi bo’lganida yana ham foydali bo’lardi. Aynan shuning uchun ham «Facebook», biznesi «Google»ning bugungi holatidan ancha kichik bo’lsa ham, «Google»ga katta xavf tug’diradi. «Facebook» mo’ljallash imkoniyatlari bilan o’zining reklama hajmini barcha saytlar uchun mumkin bo’lgan «AdSense»ga ekvivalent bir tizim ochishi bilan kengaytiradigan bo’lsa u «Google»ning asosiy biznesiga juda katta ta’sir o’tkazishi va og’riqli zarba bo’lishi mumkin.
«Facebook» o’zining foydalanuvchilari haqida, «Google»da yo’q bo’lgan, yirik va o’sib borayotgan ma’lumotlar bazasiga ega. «Google»ning qidiruv tizimidan foydalanuvchi foydalanuvchilarning ko’pi «foydalanuvchi» ham emas—ular tizimga kirmagan, shaxsiy ma’lumotlarini kiritishmagan va hokazo.
Odamlarning tizimga kiritish, o’z ma’lumotlari va qiziqishlari haqida xabardor qilish—aynan mana shuning uchun «Google+» xizmati «Google» uchun strategik muhim loyiha hisoblanadi. «Google» birdaniga ijtimoiylashuvi oddiy qiziqish emas, «Facebook» xavfi yana ham kattalashib ketmasdan, reklamani aniq mo’ljalga urish borasida yetib olish uchundir.
(Maqolaning ingliz tilidagi, asl varianti)
Salom
Yangi blogda yozilajak yozuvlarga, undagi fikrlarga, muhokamada ishtirok etadigan barcha o’quvchilarga salom.
Xayr
Eski blogdagi avvalgi yozuvlarga, undagi fikrlarga, muhokamada ishtirok etgan barcha o’quvchilarga xayr.
